Ispaniya La Ligasining 19-turidan o’rin olgan bahsda Madridning “Real” klubi safarda Bilbaoning “Atletik” klubi mehmoni bo’ldi.
Uchrashuv 2:1 hisobida “Atletik”ning foydasiga hal bo’ldi.
Ushbu o’yinda “Real” hujumchisi Kilian Mbappe penaltidan foydalana olmadi. Fransiyalik futbolchi joriy yilda umumiy 4 ta penaltini golga aylantira olmadi ( “Real”da 2 ta, PSJ’da 2 ta).
Ta’kidlash joiz, bu Kilianning professional faoliyatida birinchi marta sodir bo’lmoqda.