“Manchester Yunayted” Madridning “Real” klubi vingeri Rodrigoga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Diario Sport xabar berdi.
Manbaga ko’ra, braziliyalik futbolchi mankunianliklar boshqaruvini o’z qo’liga olgan Ruben Amorimning asosiy transfer maqsadlaridan biri bo’lishi mumkin.
Avvalroq, bir qator manbalar Rodrigoning “Qirollik Klubi” ierarxiyasidagi maqomidan norozi ekanligini bildirgandi.
Ma’lumot uchun, vinger joriy mavsum barcha musobaqalarda 14 ta o’yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning madridliklar bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2028-yilning yoziga qadar amal qiladi.