SSKA klubi sobiq yarim himoyachisi Yevgeniy Aldonin Abbosbek Fayzullayevning “Monako”ga transferi va uning tovon puli haqida fikr bildirdi.
– OAV “Monako” Abbos uchun SSKA’ga 15 million yevro taklif qilishga tayyorligini aytmoqda. Bu narx haqida nima deya olasiz?
– Bu raqamlar juda yaxshi. Siz SSKA Fayzullayevni qancha pulga sotib olganini ham tushunishingiz kerak.
Men tafsilotlarni bilmayman. Ammo bu miqdor juda munosib. Bu unchalik katta emas, lekin yetarli darajada”, – deydi Aldonin.
Eslatib o’tamiz, Abbosbek Fayzullayev 2023-yilning avgust oyida “Paxtakor”dan SSKA safiga borib qo’shilgandi. Uning Transfermarkt’dagi narxi ayni dam 6 million yevroga baholanmoqda.