Ispaniya La Ligasi 24-turida “Barselona” o’z maydonida “Rayo Valekano”ni qabul qildi va minimal hisobda g’alaba qozondi (1:0).
Uchrashuvdagi yagona gol 28-daqiqada Robert Levandovski tomonidan kiritildi. Polshalik hujumchi 11 metrlik nuqtada adashmadi.
Shu tariqa, 24-turdan so’ng kataloniyaliklar 51 ochko jamg’arib, La Liga turnir jadvalida peshqadamlikni o’z qo’liga oldi.
Ikkinchi o’rindagi “Real”da ham 51 ochko mavjud, biroq qo’shimcha ko’rsatkichlar evaziga “Barselona” birinchi o’rinda bormoqda.