“Liverpul” bosh murabbiyi Anre Slot klub rahbariyati Muhammad Salohni jamoada olib qolib, yangi shartnoma imzolashga ko’ndira olishiga umid qilmoqda.
“Saloh har safar o’ziga yaratilgan imkoniyatdan unumli foydalanib, gol uradi. Umid qilamiz va kutamiz, u uzoq vaqt davomida jamoada xuddi shu ruhda o’ynashda davom etadi. U biz uchun juda ko’p o’zgacha ishlarni qildi”, – deydi Slot.
Eslatib o’tamiz, misrlik futbolchining mersisaydliklar bilan tuzgan amaldagi shartnomasi kelasi yilning yozida yakuniga yetadi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 55 million yevroga baholanmoqda.
Ma’lumot uchun, Saloh joriy mavsum klub safida jami 21 ta o’yinda maydonga tushib, 15 ta gol urdi va 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi.