Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi La Liga rahbariyati bilan birgalikda o’yin ishtirokchilariga nisbatan irqchilik holatlari uchun maxsus protokol joriy etishni ma’qulladi. Bu haqda federatsiya matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko’ra, ushbu protokol Ispaniya chempionati o’yinlarida qo’llaniladi. Agar hakam o’yinchilar yoki xavfsizlik koordinatorlaridan tomoshabinlar o’rtasida irqchilik harakati haqida ma’lumot olsa, u maxsus ishora qilishi, o’yinni to’xtatib turishi va stadion bo’ylab irqchilikning darhol to’xtatilishi haqida e’lon qilishi kerak.
Agar bunday holatlar yana takrorlansa, hakam o’yinni vaqtincha to’xtatib, jamoalarni kiyinish xonalariga yo’naltiradi, shu bilan birga stadion bo’ylab irqchilikning to’xtatish bo’yicha takroriy ogohlantirishlar eshittiradi.
Agar xatti-harakatlar davom etsa, hakam xavfsizlik bo’yicha koordinatori bilan birgalikda o’yinni butunlay to’xtatishga qaror qiladi.