Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Arda Guler “Qirollik klubi” safida yetarli darajada o’yin amaliyotiga ega bo’lmayapti va bu esa futbolchining boshqa jamoaga o’tishi mumkinligi haqida mish-mishlarni keltirib chiqarmoqda.
Transfer News Live xabariga ko’ra, Madrid grandi allaqachon Guler bo’yicha kelgan ikkita taklifni rad etgan.
Qayd etilishicha, “Real” Guler bilan xayrlashmoqchi emas. Turkiyalik futbolchi jamoada o’ynashda davom etadi.
Ma’lumot uchun, Gulerning “qaymoqranglilar” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2029-yilga qadar mo’ljallangan. Uning Transfermarkt’dagi narxi 45 million yevroga baholanmoqda.
