“Manchester Yunayted” himoyachisi Diogo Dalot faoliyatini Ispaniyaning top-klublaridan birida davom ettirishi mumkin.
Caught Offside xabariga ko’ra, avvalroq “Real” qiziqish bildirayotgan futbolchiga endilikda “Barselona” e’tibor qaratmoqda.
Manbaga ko’ra, Dalotning La Ligaga ko’chib o’tishi faqat uning o’ziga bog’liq.
Qayd etilishicha, “qizil iblislar” portugaliyalik futbolchi uchun 50 million yevro talab qilmoqda.
Ma’lumot uchun, Dalot joriy mavsum MYU safida jami 21 ta o’yinda maydonga tushdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.