Saudiyaning “Al-Hilol” klubi hujumchisi Neymar Vinisius Juniorni “The Best” sovrinini qo’lga kiritgani bilan tabrikladi.
Eslatib o’tamiz, FIFA Football Awards-2024 taqdirlash marosimida Vinisius o’tgan mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
“Tabriklayman, Vini. Sen bunga loyiqsan. Sen uchun juda xursandman. Harakatdan to’xtama, davom et”, – deydi Neymar ijtimoiy tarmoqlarda.
Ma’lumot uchun, ovoz berish natijalariga ko’ra ikkinchi o’rin “Oltin to’p” sohibi Rodriga nasib etdi. Kuchli uchlikni Jud Bellingem yakunlab berdi.