Yengil vazn toifasida UFC chempionligiga sobiq davogar Maykl Chandler Xorxe Masvidal bilan jang qilishga tayyorligini ma’lum qildi.
“Qayerdasan, Xorxe?”, – deb yozgan Chendler X ijtimoiy tarmog’ida.
“Bo’ladigan gapni gapir. Bu aprel oyida Mayamida bo’ladi”, – deb javob bergan Masvidal.
Ma’lumot uchun, Masvidal 2013-yildan 2023-yilgacha UFC’da ishtirok etgan. Bu vaqt mobaynida Masvidal chempionlik unvoni uchun ikki marta jang o’tkazgan va ikkalasida ham mag’lubiyatga uchragan.