Superliga o’tish o’yinida “Qo’qon -1912” va “Metallurg” jamoalari o’zaro to’qnash keldi.
Uchrashuvning asosiy vaqtida tomonlar 1:1 hisobini qayd etdi. Qo’shimcha bo’limlarda ham hisob o’zgarmadi va g’olib penaltilar seriyasida aniqlandi.
O’ziga xos “lotoreya”da omad vodiyliklarga kulib boqdi va “Qo’qon-1912” kelasi mavsumda Superligada ishtirok etishi ma’lum bo’ldi.
Superligaga o’tish o’yini
“Qo’qon-1912” 1:1 “Metallurg” (pen. 3:2)
Gollar: Shahzod Beshimov 77′ – Zabibillo O’rinboyev (24′).