Madridning “Atletiko” klubi hujumchisi Joau Feliks faoliyatini Premyer ligada davom ettirishi mumkin.
Fabritsio Romanoning xabariga ko’ra, “Chelsi” portugaliyalik forvardni o’z safiga qo’shib olmoqchi. Hozirda tomonlar muzokaralarni boshlagan.
Eslatib o’tamiz, Feliks o’tgan mavsumni “Barselona”da ijarada o’tkazdi. Uning Madrid klubi bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2029-yilning yoziga qadar amal qiladi.