“Manchester Yunayted” hujumchisi Markus Reshford Angliya Premyer-ligasining 13-turi doirasidagi “Everton”ga qarshi o’yinda dubl qayd etdi (4:0).
27 yoshli angliyalik futbolchi 34 va 46-daqiqalarda liverpulliklar darvozasini ishg’ol qildi.
Ma’lumot uchun, Reshford 2022-yilning sentyabrida “Arsenal”ga qarshi o’yinda (3:1) dubl qayd etganidan beri birinchi marta APL’ning bitta o’yinida ikkita gol urishga erishdi.