Madridning “Real” klubi hujumchisi Kilian Mbappe Qit’alararo kubok finalida “Pachuka” darvozasini ishg’ol qildi.
Fransiyalik futbolchi uchrashuvning 37-daqiqasida hisobni ochgan gol muallifiga aylandi.
Opta xabariga ko’ra, Mbappe so’nggi 10 yil ichida “Real” safida o’zining dastlabki ikki finalida gol urgan uchinchi futbolchiga aylandi. Bu avvalroq faqat Garet Beyl (2014) va Marko Asensio (2017) uddalay olgan.
Eslatib o’tamiz, Mbappe avgust oyida UEFA Superkubogi doirasidagi “Atalanta”ga qarshi uchrashuvda madridliklar safida o’z debyutini o’tkazgandi.