Ispaniyaning “Valyadolid” klubi bosh murabbiy Paulo Pessolanoni iste’foga chiqarganini rasman e’lon qildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko’ra, klub La Liganing 15-turida “Atletiko”dan uchralgan mag’lubiyatdan so’ng (5:0) shu qarorga kelgan.
Ma’lumot uchun, Pessolano “Valyadolid”ni 2023-yilning aprelidan beri boshqarib kelayotgandi. Hozirda klub La Liga turnir jadvalida 9 ochko bilan so’nggi o’rinni egallab turibdi.