Amaldagi jahon chempioni, 2023 va 2024-yilgi “Lev Yashin” mukofoti sohibi, “Aston Villa” darvozaboni Emiliano Martines APL’ning 13-turi doirasidagi “Chelsi”ga qarshi o’yinda jarohat oldi.
31 yoshli argentinalik kiper birinchi bo’limdagi og’riqli to’qnashuvdan so’ng tanaffusda o’rnini Robin Olsenga bo’shatib berdi.
O’yin esa 3:0 hisobida “Chelsi” foydasiga hal bo’ldi. Gollarga Nikolas Jekson (7), Enzo Fernandes (36) va Koul Palmer (83) mualliflik qildi.