Fransiyaning PSJ klubi futbolchilari Usmon Dembele, Presnel Kimpembe va Randal Kolo Muani jamoa bosh murabbiyi Luis Enrikedan norozi bo’lmoqda. Bu haqda L’Équipe nashri xabar berdi.
Manbaga ko’ra, PSJ yetakchilaridan biri bo’lgan Usmon Dembele jamoaning hozirgi taktikasini juda sodda deb hisoblamoqda va Enrikening o’yin g’oyalaridan hayratda qolmoqda.
Qolaversa, fransiyalik futbolchi YChL doirasidagi “Arsenal”ga qarshi o’yinda (0:2) nima uchun qaydnomadan chetlatilganini hamon tushunmayapti.
Shuningdek, Kimpembe va Kolo Muani to’liq tayyor bo’lishlariga qaramay, o’yin amaliyoti kam berilayotgani ustidan shikoyat qilishmoqda.
Ma’lumot uchun, PSJ Luis Enrike boshchiligida Liga 1’da 33 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. YChL’da esa 4 ochko jamg’arib, 26-o’rinda bormoqda.
