Portugaliya terma jamoasi va Saudiyaning “An-Nassr” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi.
40 yoshli futbolchi Millatlar Ligasi chorak finalida Daniyaga qarshi javob o’yini oldidan xalqaro o’yinlardagi g’alabalar soni uchun maxsus sovrinni qabul qilib oldi (132 ta).
Ronaldu ushbu ko’rsatkich bo’yicha hozirda “Monterrey” klubi sharafini himoya qilayotgan Serxio Ramosni ortda qoldirdi.