Angliya Premyer-ligasi 13-turidan o’rin olgan bahsda “Manchester Siti” “Enfild”da “Liverpul” mehmoni bo’ldi va 2:0 hisobida mag’lubiyatga uchradi.
Bu “shaharliklar”ning Premyer-ligadagi qatorasiga to’rtinchi mag’lubiyatidir. Bungacha Pep Gvardiola shogirdlari “Bornmunt” (1:2), “Brayton” (1:2) va “Tottenhem”ga (0:4) mag’lub bo’lgandi.
Ma’lumot uchun, “Man. Siti” bilan bunday holat APL’da 2008-yilning avgust oyidan beri kuzatilmagandi.