“Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Kazemiro faoliyatini Turkiyada davom ettirishi mumkin.
ESPN xabariga ko’ra, “Galatasaroy” 32 yoshli braziliyalik futbolchini o’z safiga qo’shib olmoqchi.
Kazemironing “Man. Yunayted”dagi kelajagi “Liverpul”ga (0:3) qarshi o’yindan keyin so’roq ostida qolgandi. Qolaversa, PSJ’dan Manuel Ugarte xarid qilingandan so’ng uning asosiy tarkibdagi o’rni ham “qimirlab” qolgandi.
Qayd etilishicha, Kazemiro “Galatasaroy”da haftasiga 300 ming funt maosh olishi mumkin.
Eslatib o’tamiz, “Manchester Yunayted” yozgi transferlar oynasi davomida Kazemiro bo’yicha takliflarni qabul qilishga tayyor edi, biroq hech qaysi klubdan kutilganidek qiziqish bo’lmadi.