Ertaga O’zbekiston milliy terma jamoasi JCh-2026 saralashi doirasida KXDR’ga qarshi maydonga tushadi.
Uchrashuvdan oldin tashkil etilgan matbuot anjumanida terma jamoamiz yetakchilaridan biri Jaloliddin Masharipov ishtirok etib, o’z fikrlari bilan o’rtoqlashdi.
“Assalomu alaykum barchaga. Birinchi o’yinni o’tkazib oldik. Ertangi o’yinga tayyormiz. Murabbiy aytib o’tganidek, mashg’ulotlar paytida maydon bilan bog’liq muammolar bo’ldi.
Lekin hozir unaqa narsalarga qaraydigan payt emas deb o’ylayman. Ertaga qo’limizdan kelganicha g’alaba qozonish uchun harakat qilamiz. Bu yerga 3 ochkoni qo’lga kiritish uchun keldik.
Biz kuchli terma jamoamiz. Bunaqa o’yinlarda kuchli terma jamoalar ikkita ketma-ket o’yinda mag’lub bo’lmaydi. Ertangi bellashuvda buni isbotlaymiz va muxlislarni xursand qilamiz”, – deydi Masharipov.