Portugaliyaning “Benfika” klubi a’zosi, argentinalik vinger Anxel Di Mariya jamoasi bilan shartnomasini yana bir yilga uzaytirdi.
Shunday qilib u klubda 2025-yilning yoziga qadar to’p tepadi.
Eslatib o’tamiz o’tgan mavsum futbolchi “Benfika” safida 42 ta uchrashuvda maydonga tushib, 16 ta gol va 12 ta assistga mualliflik qilgan.