Yarim o’rta vazn toifasida UFC jangchisi Ian Garri bo’lajak raqibi Shavkat Rahmonov haqida o’z fikrlari bilan o’rtoqlashdi.
“Shavkat bilan ko’p ishlaganmiz. Menimcha, u fenomenal jangchi. Ikkimizdan birimiz mag’lub bo’lishimiz juda achinarli. Jangdan keyin uning qo’li ko’tarilmasligi uchun hamma narsani qilaman”, – deydi Garri.
Eslatib o’tamiz, Shavkat Rahmonov va Ian Garri o’rtasidagi jang 8-dekabr kuni UFC 310 turniri doirasida bo’lib o’tadi.