UFC Islam Maxachev – Arman Sarukyan va Merab Dvalishvili – Umar Nurmagomedov janglarini rasman e’lon qildi.
Ushbu to’qnashuvlar 18-yanvar kuni Los-Anjelosda tashkil etiladigan UFC 311 turniri doirasida bo’lib o’tadi.
Eslatib o’tamiz, Maxachev va Sarukyan o’rtasidagi dastlabki jang 2019-yilning aprel oyida UFC Fight Night 149 turnirida bo’lib o’tgan va Maxachev ochkolar hisobiga g’alaba qozongan.
Umar o’zining so’nggi janggini joriy yilning avgust oyida Kori Sandxagenga qarshi o’tkazgan va hakamlarning yakdil qarori bilan g’alaba qozongan.
Dvalishvili esa o’zining oxirgi janggini joriy yilning sentyabr oyida Shon O’Melliga qarshi o’tkazib, zafar quchgan va chempionlik kamarini qo’lga kiritgan.
