Angliyaning “Liverpul” klubi mavsum oxirida bir qancha futbolchilari bilan xayrlashishi mumkin.
Mersisaydliklar jamoa hujumchisi Muhammad Salohga yangi shartnoma borasida taklif bilan chiqqani yo’q va shu sababdan misrlik forvard klubni tark etishini ma’lum qilgan.
Shuningdek, Madridning “Real” klubi qiziqishlari doirasiga tushib qolgan Trent Aleksandr-Arnoldning ham jamoadagi kelajagi so’roq ostida turibdi.
Antena 2 xabariga ko’ra, “Liverpul”ni yana bir yulduz futbolchi Luis Dias ham tark etishi mumkin.
Qayd etilishicha, kolumbiyalik futbolchi yangi bitimda ancha qulayroq shartlarni talab qilmoqda. Muzokaralar hozircha boshi berk ko’chaga kirib qolgan. Ayni dam uning atrofidagi vaziyatni PSJ va “Barselona” kuzatib bormoqda.
Ma’lumot uchun, Diasning mersisaydliklar bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2027-yilning yozida yakuniga yetadi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 80 million yevroga baholanmoqda.