O’rta vazn toifasida UFC jangchisi Kayo Borralo Israel Adesanya bilan jang qilmoqchi va bu jang qachon bo’lishini xohlayotganini aytdi.
“Men bilan jang qilish Adesanya uchun eng to’g’ri qarordir. Menimcha, bu jangni tashkil qilish kerak va bu qiziqarli bo’ladi.
O’ylashimcha, dekabr ajoyib variant. Aql bovar qilmaydigan jang bo’ladi. Fevralda ham jang qilsak bo’ladi, lekin Adesanyaning murabbiyi yil oxirigacha jang qilishni rejalashtirayotganini aytdi. Shuning uchun dekabr eng yaxshisi”, – deydi Borralo.
Eslatib o’tamiz, Borralo o’zining oxirgi janggini UFC on ESPN 62 turniri doirasida Jared Kannonirga qarshi o’tkazdi va ochkolar hisobiga g’alaba qozondi.
Israel Adesanya esa o’zining so’nggi janggini UFC 305 turniri doirasida amaldagi chempion Drikus dyu Plessiga qarshi o’tkazdi va 4-raundda sabmishen orqali mag’lub bo’ldi.