Yengil vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Merab Dvalishvili o’zining navbatdagi janggini divizionning sobiq chempionlari Petr Yan yoki Shon O’Melliga qarshi o’tkazmoqchi.
”Mening rejalarim UFC rejalari bilan mos tushadi. Men Shon O’Melli yoki Petr Yan bilan revansh janggini xohlayman.
Menimcha, UFC ham xuddi shunday narsani xohlaydi. Keyingi janggim aprel yoki iyun oylarida bo’ladi. Men yaxshi jang ko’rsatishga tayyorman”, – dedi Dvalishvili.
Eslatib o’tamiz, Dvalishvili 2023-yilning mart oyida Petr Yanga qarshi jang qilgan va ochkolar hisobiga ko’ra g’alaba qozongan. 2024-yilning sentyabrida esa Shon O’Mellini mag’lub etib, chempionlik kamarini qo’lga kiritgan.