Bugun UEFA Chempionlar ligasining joriy mavsumi umumiy bosqichining 5-tur o’yinlariga start beriladi.
Bugun turnir doirasida 9 ta uchrashuv bo’lib o’tadi:
“Slovan” – “Milan”, 22:45
“Sparta” – “Atletiko”, 22:45
“Sporting” – “Arsenal”, 01:00
“Yang Boyz” – “Atalanta”, 01:00
“Bayer” – “Zalsburg”, 01:00
“Barselona” – “Brest”, 01:00
“Bavariya” – PSJ, 01:00
“Inter” – “Leypsig”, 01:00
“Manchester Siti” – “Feyenord”, 01:00
Eslatib o’tamiz, umumiy bosqichning sakkizta turi yakuniga ko’ra, 36 ta klubdan iborat jadval tuziladi va 1/8 finalga to’g’ridan-to’g’ri yo’l oladigan 8 ta jamoa aniqlanadi.
9-24-o’ringacha bo’lgan klublar esa 1/8 finalga chiqish uchun pley-off o’yinlarida ishtirok etadi.