Londonning “Tottenhem” klubi darvozaboni Gulelmo Vikario bir necha oyga safdan chiqdi. Bu haqda jamoa bosh murabbiyi Anj Postekoglu xabar berdi.
Eslatib o’tamiz, avvalroq 28 yoshli darvozabon APL’ning 12-turi doirasidagi “Manchester Siti”ga (4:0) qarshi o’yinda to’pig’i singan holda 60 daqiqa o’ynaganini ma’lum qilgandi.
“Qayta tiklanish haftalab emas, balki oylab davom etadi. Ammo men uning erta qaytishi uchun muddat berishni yoqtirmayman, chunki bu futbolchiga haddan tashqari bosim va ma’lum umidlarni keltirib chiqaradi”, – deydi Postekoglu.
Ma’lumot uchun, Vikario joriy mavsum “Tottenhem”ning 15 ta o’yinida ishtirok etdi va 4 ta o’yinda o’z darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi.