Yarim o’rta vazn toifasida sobiq UFC chempioni Leon Edvards unvonini qaytarib olishga qaror qildi.
Eslatib o’tamiz, Edvards joriy yilning iyul oyida UFC 304 turnirining asosiy janggida Bilol Muhammadga chempionlik kamarini boy bergandi.
“Hozirgi maqsadim – kamarni qaytarib olish. Kelgusi yil oxirigacha chempion bo’lishni xohlayman. Shuning uchun men bu yo’lda qadam tashlayapman.
Taxminan to’qqiz yil davomida men yutqazmadim. Men bu tuyg’uga ko’nikib qolganman. Men uchun eng muhimi, bundan keyin nima bo’lishi va men bormoqchi bo’lgan joyga qanday qaytishim. Maqsadim yana chempion bo’lish”, – deydi Edvards.