Yevropada yozgi transferlar oynasi rasman yopildi. “Napoli” klubi hujumchisi Viktor Osimhenning “Chelsi”ga transferi amalga oshmay qoldi.
Sky Sports xabariga ko’ra, “aristokratlar” yuborgan shartnoma taklifi Osimhenga mos kelmagan va transfer barbod bo’lgan.
Londonliklar 25 yoshli nigeriyalik futbolchiga mavsum uchun 4 million yevro, agar klub keyingi mavsum Chempionlar ligasida ishtirok etsa, bu narx ikki barobar oshishi ta’kidlangan.
Shuningdek, “Al-Ahli” ham Osimhen uchun yiliga 40 million yevro maosh taklif qilgan. Biroq saudiyaliklar “Napoli” bilan transfer narxini kelisha olmadi va Ayven Toni variantini ma’qul ko’rishdi.