Rossiya Premyer-ligasining 24-turidan o’rin olgan “Orenburg” va SSKA o’rtasidagi bahs bo’lib o’tdi va unda “armiyachilar” 0:2 hisobida g’alaba qozondi.
Dastlab, hisob 55-daqiqada Ivan Oblyakov tomonidan ochildi. Ikkinchi bo’limga qo’shib berilgan daqiqalarda esa Seku Koita moskvaliklarning ustunligini mustahkamladi.
Hamyurtimiz Abbosbek Fayzullayev esa uchrashuvning 68-daqiqasida zaxiradan maydonga tushdi va SofaScore nashri tomonidan 6,8 ballga loyiq ko’rildi.
Shu tariqa, SSKA bugungi g’alabasidan so’ng ochkolari hisobini 47 taga yetkazib olib, 4-o’rinda bormoqda. “Orenburg” esa 14 ochko bilan so’nggi o’rinni egallab turibdi.