Argentinaning “Boka Xuniors” klubi 2025-yilning yozida AQShda bo’lib o’tadigan klublar o’rtasidagi jahon chempionatiga yo’llanma oldi. Ushbu klub oxirgi marta 2007-yilgi mundialda ishtirok etgan.
“Boka Xuniors” chempionatning 30-ishtirokchisiga aylandi. Yana ikkita yo’llanma Libertadores kubogi g’olibi va mezbon mamlakat jamoasi o’rtasida taqsimlanadi.
Eslatib o’tamiz, klublar o’rtasidagi jahon chempionati 2025-yilning 15-iyunidan 13-iyuligacha yangilangan formatda AQShda bo’lib o’tadi. Turnirda ilk bor 32 ta jamoa g’oliblik uchun kurash olib boradi.