“Liverpul” shartnomasi kelasi yozda yakuniga yetadigan Trent Aleksandr-Arnoldga o’rinbosar topib qo’ydi. Bu haqda TEAMtalk xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, mersisaydliklar Aleksandr-Arnold bilan yangi shartnoma borasida kelisha olmasa, “Bavariya”ning 29 yoshli o’ng qanot himoyachisi Yozua Kimmixni sotib olmoqchi.
Qayd etilishicha, germaniyalik futbolchi “Liverpul”ning ustuvor maqsadi sifatida ko’rilmoqda. Ta’kidlanishicha, ingliz klubi Kimmixning atrofidagilar bilan bevosita aloqada.
Ma’lumot uchun, Yozua joriy mavsum barcha turnirlarda 25 ta o’yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 50 million yevroga baholanmoqda.