Germaniya futbol assotsiatsiyasi terma jamoa bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirmoqda.
BILD xabariga ko’ra, tomonlar shartnomani to’rt yildan keyin bo’lib o’tadigan Yevropa chempionatiga qadar uzaytirish bo’yicha muzokaralar olib borishmoqda.
Qayd etilishicha, Germaniya Yulian bilan muvaffaqiyatga erisha olishiga ishonadi va mutaxassisning o’zi ham terma jamoada qolishga qarshi emas.
Eslatib o’tamiz, Nagelsmann o’tgan yilning sentyabr oyida beri Germaniya terma jamoasini boshqarib kelmoqda.