Londonning “Fulxem” klubi Skott Maktominay transferi ustida qayta ish boshladi.
Sky Sports xabariga ko’ra, klub “Manchester Yunayted” bilan yarim himoyachining transferini muhokama qila boshlagan.
Avvalroq mankunianliklar “Fulxem”dan kelgan ikkita taklifni rad etishgandi va agar ular yon berishni istamasa, muzokaralar davom etmasligi aytilgandi.
Xabar qilinishicha, “Fulxem” katta ehtimol bilan, Maktominay uchun yangi va takomillashtirilgan taklif yuboriladi.
Ma’lumot uchun, Skott o’tgan mavsum “Manchester Yunayted” tarkibida 43 ta o’yin o’tkazib, 10 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2025-yilning yoziga qadar amal qiladi.