Angliyalik mutaxassis Frenk Lempard Chempionship’da to’p suradigan “Koventri Siti” bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda klub matbuot xizmati rasman e’lon qildi.
“Koventri Siti” Frenk Lempardni klubning yangi bosh murabbiyi etib tayinlanganini mamnuniyat bilan e’lon qiladi. 46 yoshli mutaxassis bilan ikki yarim yillik shartnoma imzolandi”, – deyiladi klub bayonotida.
Qayd etilishicha, Lempard “Koventri” bosh murabbiyi sifatida o’zining dastlabki o’yinini “Kardif Siti”ga qarshi o’tkazadi.
Ma’lumot uchun, “Koventri Siti” Chempionship turnir jadvalida 17-turdan so’ng 17 ochko jamg’argan holda 17-o’rinda bormoqda.