“Transfermarkt” tahliliy nashri so’nggi 10 yil ichida transferlardan maksimal foyda ko’rgan klublar reytingini e’lon qildi.
Unga ko’ra, sayyoramizning eng daromadli klubi “Benfika” deb topilgan. Klub so’nggi 10 yil ichida 743 million yevro ishlab topgan.
So’nggi o’n yillikda transfer bozorida eng ko’p daromad qilgan klublar TOP-10 taligi quyidagicha ko’rinish olgan:
1. “Benfika” – 743 million yevro
2. “Ayaks” – 483 million yevro
3. “RB Zalsburg – 463 million yevro
4. “Lill” – 380 million yevro
5. “Sporting” – 369 million yevro
6. “Portu” – 358 million yevro
7. “Monako” – 288 million yevro
8. “Braga” – 236 million yevro
9. PSV – 231 million yevro
10. “Dinamo Zagreb” – 231 million yevro