Kataloniyaning “Barselona” klubi hujumchisi Robert Levandovski faoliyatida to’qnash kelgan eng qiyin ikki raqibi kimligini aytdi.
“Kimga qarshi o’ynash qiyin bo’lgan? Serxio Ramos va Vensan Kompani”, – deydi Levandovski.
Ma’lumot uchun, polshalik forvard joriy mavsum “Barselona” safida jami 17 ta o’yin o’tkazib, 19 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 15 million yevroni tashkil qiladi.