Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi chap qanot himoyasi uchun 3 nafardan ortiq nomzodlarni ko’rib chiqmoqda. Bu haqda Fabritsio Romano xabar berdi.
“Manchester Yunayted” 2025-yilda Amorim tizimi uchun chap qanot himoyachisini sotib olmoqchi, bu allaqachon rejalashtirilgan.
Klub hozir variantlarni o’rganib chiqmoqda, ro’yxatda uch nafardan ortiq nomzod bor. Bu yanvar yoki kelasi yozda sodir bo’ladi”, – deb yozadi Romano.
Ma’lumot uchun, mankunianliklar joriy mavsum APL turnir jadvalida 11-turdan so’ng 15 ochko jamg’argan holda 13-o’rinda bormoqda.