Milanning “Inter” klubi “Liverpul”ning 27 yoshli hujumchisi Federiko Kyezani ijaraga olmoqchi. Bu haqda Mirror xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, “Inter” rahbariyati Kyezaning A Seriyadagi katta tajribasini inobatga olib, jamoaning asosiy tarkibini kuchaytirish uchun juda mos keladi, deb hisoblamoqda.
Eslatib o’tamiz, Kyeza o’tgan yozda “Yuventus”dan “Liverpul”ga ko’chib o’tgandi. Uning Transfermarkt’dagi narxi ayni dam 12 million yevroga baholanmoqda.