Madridning “Real” klubi “Barselona” vingeri Lamin Yamalga qiziqish bildirmoqda.
Xabar qilinishicha, “qaymoqranglilar” futbolchining agenti Xorxe Mendesh bilan bog’lanishgan. “Real” vakillari Yamalning transferini amalga oshirish imkoniyati bor yoki yo’qligini aniqlashmoqchi bo’lishgan.
Biroq futbolchining agenti buning iloji yo’qlini aytgan. Mendesh Madrid klubiga Yamal bilan kelishish istagini unutishni tavsiya qilgan, chunki yosh iste’dod egasi klubini o’zgartirmoqchi emas.
Ma’lumotlarga qaraganda, Yamal iyul oyida kataloniyaliklar bilan yangi shartnoma imzolaydi.