Italiya terma jamoasi va Turinning “Yuventus” klubi sobiq darvozaboni Janluiji Buffon o’zi qarshi o’ynagan eng qiyin raqib kim ekanligini aytdi.
– Eng kuchli raqibingiz kim edi?
– Uch avlod vakillariga qarshi o’ynadim, qanday tanlashim mumkin? Zidan, Ronaldo, Messi, Krishtianu, Inyesta…
– Faqat bittasini tanlashingiz kerak.
– Keyin Neymarni ham alohida qayd etishim lozim. U qanday futbolchi ekanligini inobatga olsak, u faoliyati davomida besh marta “Oltin to’p”ni qo’lga kiritishi kerak edi”, – deydi Buffon.
Eslatib o’tamiz, 32 yoshli Neymar hozirda Saudiyaning “Al-Hilol” klubida to’p surmoqda.