O’zbekiston milliy terma jamoasi JCh-2026 saralash bosqichi doirasida KXDR’ga qarshi maydonga tushdi va yakunda qiyinchilik bilan g’alaba qozondi (1:0).
O’yindan so’ng tashkil etilgan matbuot anjumanida uchrashuvning eng yaxshi o’yinchisi O’tkir Yusupov ishtirok etdi va bugungi bahs borasida o’z fikrlari bilan o’rtoqlashdi.
“O’yindan qoniqdik. Uch ochkoni qo’lga kiritganimizdan xursandman.
Bir kun oldin yigitlar bilan gaplashgan edik. Taktikani yig’ishtirib, hamma yurakdan o’ynasa yutishimizni aytgandik.
KXDR futbolchilarini qayerdan o’rganasiz? Ularning chempionatini ko’ra olmaysiz va buning imkoni yo’q. Penaltiga kelsak, darvozabonlarda ichki hissiyot bo’ladi. Qayerga tepishini sezib turadi.
Muhimi uch ochkoni qo’lga kiritdik. Xalqimiz xursand bo’lsa bo’ldi. Biz shuning uchun o’ynaymiz”, – deydi Yusupov.