Ispaniyalik himoyachi Serxio Ramos kelajagi borasida bir qarorga keldi. 38 yoshli futbolchi Argentinaning “Boka Xuniors” klubiga o’tishdan bosh tortdi. Bu haqda TyC Sports xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, “Boka Xuniors” qishki transferlar vaqtida Ramosni sotib olishni rejalashtirgandi. Biroq ispaniyalik himoyachi ushbu transferga rad javobini berdi.
Eslatib o’tamiz, Ramosning so’nggi klubi “Sevilya” edi. Shuningdek futbolchi faoliyati davomida “Real” va PSJ sharafini ham himoya qilgan.