“Manchester Siti” himoyachisi Kayl Uoker ijara asosida “Milan” safiga qo’shiladi. Shartnoma ixtiyoriy sotib olish variantini ham o’z ichiga oladi. Bu haqda Fabritsio Romano xabar bermoqda.
“Kayl Uoker “Milan” bilan 2027-yilning iyunigacha amal qiladigan shartnoma shartlarini kelishib oldi. Agar “Milan” ijara muddati tugaganidan so’ng yozda “Siti”dan sotib olish opsiyasidan foydalanishga qaror qilsa, u kuchga kiradi”, – deb yozadi Romano.
Ma’lumot uchun, Uoker joriy mavsum APL’da 15 ta o’yinda maydonga tushdi. Shuningdek, u Chempionlar ligasida 2 ta va Angliya Liga kubogida bitta o’yin o’tkazgan.