Ispaniya La Ligasining 27-turidan o’rin olgan “Barselona” va “Osasuna” o’rtasidagi bekor qilingan uchrashuv 26-aprel yoki 21-may kunlari bo’lib o’tishi mumkin. Bu haqda AS xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, agar kataloniyaliklar Chempionlar Ligasi va Ispaniya Kubogi finaliga chiqsa, uchrashuv 21-may kuni, agar ular Chempionlar Ligasini 1/8 final bosqichida tark etsa va mamlakat kubogi finaliga chiqa olmasa, u holda o’yin 26-aprel kuni o’tkaziladi.
Ma’lumot uchun, “Barselona” hozirda La Liga turnir jadvalida 57 ochko bilan birinchi o’rinda bormoqda. “Osasuna” esa 33 ochko jamg’arib, 11-o’rinni egallab turibdi.