Sport24 nashri Angliya Premyer-ligasining 2024/2025-yilgi mavsumdagi eng tezkor 10 nafar futbolchisi ro’yxatini e’lon qildi.
Birinchi o’rinni “Tottenhem” himoyachisi Mikki van de Ven egalladi (37,12 km/soat), ikkinchi o’rin “Manchester Siti” yarim himoyachisi Mateush Nunesga nasib etdi (36,72 km/soat). Kuchli uchlikni “Vulverxempton” hujumchisi Karlos Borxes (36,57 km/soat) yakunlab berdi.
To’rtinchi va beshinchi o’rinlarni mosh ravishda “Nottingem Forest” vakili Antoni Elanga (35,9 km/soat) va “Chelsi” vakili Mixail Mudrik (35,79 km/soat) egalladi.
Qolgan o’rinlar esa quyidagicha taqsimlandi:
6. Erling Xoland (“Manchester Siti”) – 35,74 km/soat
7. Timo Verner (“Tottenhem”) – 35,69 km/soat
8. Entoni Robinson (“Fulhem”) – 35,63 km/soat
9. Gabriel Martinelli (“Arsenal”) – 35,57 km/soat
10, Amadu Onana (“Aston Villa”) – 35,54 km/soat