“Atletik Bilbao” klubi vingeri Niko Uilyams PSJ taklifini rad etdi. Bu haqda Sport.es nashri xabar berdi.
Manbaga ko’ra, ispaniyalik 22 yoshli futbolchi joriy mavsumda “Atletik”ni tark etmasligi mumkin. Biroq, Uilyams hozirda “Barselona” variantini ko’rib chiqmoqda. Vingerning o’zi Xansi Flik jamoasiga o’tishga qarshi emas.
Ma’lumot uchun, Niko o’tgan mavsum klub va terma jamoa safida jami 48 ta o’yinda maydonga tushib, 10 ta gol va 24 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Uning transfer narxi hozirda 60 million yevroni tashkil qiladi.