Lissabonning “Benfika” klubi vingeri Anxel Di Mariya Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu o’rtasida tanlov qildi.
“Men uchun Messi va Ronaldu tarixdagi eng yaxshi ikki futbolchidir. Ammo Leoni boshqa o’yinchi bilan solishtirib bo’lmasligi aniq”, – deydi Di Mariya.
Eslatib o’tamiz, Messi 2023-yildan buyon “Inter Mayami” safida to’p surmoqda. Uning Transfermarkt’dagi narxi ayni dam 30 million yevroni tashkil qiladi.